“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Liderlar nimaga kelishdi?
Olam
−
27 Oktabr 2022
7662Bugun, 27 oktyabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiratov qatnashdi.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikning o‘tgan davrini sarhisob qilgan. Ular xalqaro huquq normalarini to‘liq hurmat qilgan holda tinchlik, xavfsizlik, demokratiya, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanish yo‘lida birgalikda ishlashga intilishlarini yana bir bor tasdiqlaganlar. Ular BMT Nizomi, ayniqsa, barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillarini ta’minlashga qat’iy sodiqliklarini bildirganlar.
Davlat rahbarlari 2019 yil 17 iyundagi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida mintaqalararo hamkorlikning yetakchi tamoyillari bo‘lgan qonun ustuvorligi, inson huquqlari, gender tengligi va institutlar ishi bo‘yicha muloqotni kuchaytirish muhimligini ta’kidlaganlar.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajadagi mavjud platformalar doirasida institutsionalizatsiyasini olqishlab, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyatini faol jalb etish muhimligini ta’kidlaganlar.
Yevropa Kengashi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarining Qo‘shma bayonotlarida qayd etilgan mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi.
O‘z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Yevropa Ittifoqining pandemiyadan keyin iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, COVID-19 sabab bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish va mintaqada transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadilar. O‘zaro savdo va investisiya mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish barcha tomonlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sifat jihatidan turtki beradi. Tomonlar biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish mintaqaga sarmoya kiritishni yanada oshirish, aloqa va savdoni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, tomonlar “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumining yangi platformasini olqishladilar.
Ishtirokchilar Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatdan umumiy xavotirda ekanliklarini bildirdilar va afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda hamkorlikni kengaytirish zarurligini tan oldilar. Ishtirokchilar barcha afg‘onlar, xususan, ayollar, qizlar va ozchiliklarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ilgari surish va hurmat qilish, inklyuziv va vakillik hukumatini barpo etish muhimligini ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining afg‘on qizlarini Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston va Turkmanistondagi maxsus ta’lim dasturlari doirasida o‘qitish bo‘yicha pilot loyihasining oraliq natijalari muhim ahamiyatga ega. Ushbu tashabbuslar afg‘on fuqarolari uchun oliy ta’lim imkoniyatlarini yaratish va afg‘on jamiyatidagi ayollarning inklyuziv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iborat.
Tomonlar Markaziy Osiyo va YeI o‘rtasida chegaralarni boshqarish va xavfsizlik, terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi, migrantlar kontrabandasi, o‘qotar qurollar va yengil qurollarning noqonuniy savdosi, transmilliy narkotrafik va kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi umuminsoniy tamoyillarga muvofiq birgalikda kurashda hamkorlikning ijobiy natijalari va salohiyatini qayd etdilar.
Ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining Global Gateway strategiyasi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining transport va tranzitni rivojlantirish milliy maqsadlariga muvofiq Markaziy Osiyo va YeI o‘rtasida barqaror aloqalarni o‘rnatishda mintaqaviy qarash va hamkorlikni rivojlantirishning muhim ahamiyatini ta’kidladilar.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari Yevropa Ittifoqining yashil rivojlanish standartlariga rioya qilgan holda barqaror transport logistikasi va raqamli ulanishni rivojlantirishga ko‘maklashish niyatini olqishlaydi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda barqaror ulanish bo‘yicha tadqiqotining kutilayotgan natijalari, shuningdek, tomonlarning Markaziy Osiyo va YeI o‘rtasidagi transport yo‘nalishlarini, shu jumladan Trans-Yevropa transport tarmog‘i bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha yaqin hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Chu nuqtai nazardan, ishtirokchilar 2022 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasini ma’qullashdi.
Ishtirokchilar tomonlarning Parij majburiyatlariga muvofiq “yashil rivojlanish”, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida qo‘shma harakatlarni kuchaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Yevropa Ittifoqining suv resurslari va transchegaraviy daryolarni birgalikda boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ijobiy tajribasini hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda suv va energetika sohasida innovatsion, o‘zaro manfaatli va ochiq hamkorlikni amalga oshirishda mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tomonlar umumiy vazifalarga qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqish uchun ikki mintaqaning tahliliy markazlari o‘rtasida ekspert va tahliliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini qayd etdilar.
Ishtirokchilar Qozog‘istonga Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi va o‘tkazgani uchun chuqur minnatdorlik bildirib, muntazam uchrashib turishga kelishib oldilar.
LiveBarchasi