Markaziy Osiyo Prezidentlari bir davraga to‘plandi

Olam

image

Bugun, 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi boshlandi. 

Uchrashuvda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

undefined

Shunday qilib, davlat rahbarlarining ko‘rishish  va suratga tushish marosimidan so‘ng kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi boshlandi. 

undefined

Sadir Japarov davlat rahbarlarini qutlab, Turkmaniston Prezidentini alohida ta’kidladi.  

“Hurmatli Serdar Gurbangulevich, siz bugun Maslahat yig‘ilishida ilk bor ishtirok etyapsiz. Ishonchim komilki, siz muhtaram Gurbanguli Myalikguliyevich missiyasini davom ettirib, Markaziy Osiyoda integratsiya va hamkorlik ishiga hissa qo‘shasiz. Fursatdan foydalanib, Turkmaniston ravnaqi yo‘lidagi lavozimingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, deydi u. 

Shu bilan birga, davlat rahbari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining IV Maslahat uchrashuvini rasman ochdi. 

“Ishonchim komilki, bugungi muloqotimiz muvaffaqiyatli va samarali bo‘lib, barcha dolzarb masalalarni muhokama qilish va ular yuzasidan umumiy yechim topish imkonini beradi”, deydi Sadir Japarov. 

undefined

Davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr almashadilar, mintaqa davlatlarining barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash maqsadida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.  

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida mintaqa davlatlari o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing