“Markaziy Osiyo” Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi tashkil etiladi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
2781Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumati o‘rtasida “Markaziy Osiyo” Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini barpo etish to‘g‘risida hadli bitim hamda elektron savdoni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi tasdiqlandi.
Hujjat O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin o‘rtasida imzolandi.
Avvalroq ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilingani haqda xabar berilgandi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi