Markaziy Osiyo Qobulni elektrsiz qoldirishi mumkin

Olam

image

Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston poytaxti Qobulga elektr energiyasi yetkizib berishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, poytaxt gumanitar falokatga duch keladi. Bu haqda Afg‘oniston davlat energetika korporatsiyasi sobiq rahbari Daud Nurzay “Asian News International” agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.

Sobiq rahbarning ta’kidlashicha, hozir Qobulda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar sezilmayapti, lekin qish kelishi bilan vaziyat keskin yomonlashishi mumkin.

“Markaziy Osiyodan elektr energiyasi yetkazib beruvchilarga “Tolibon” haq to‘lamagan. Shuning uchun ular mamlakatga energetika resurslarini yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin”, deydi Daud Nurzay.

Qayd etilishicha, joriy yil Afg‘onistonda yuz bergan qurg‘oqchilik gidroenergetika resurslarining kamayishiga olib kelgan. Shu bois Qobuldagi gumanitar falokat butun respublikani qamrab olishi aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston milliy energiya tizimiga ega emas, mamlakat foydalanadigan elektr energiyasining yarmini Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston yetkazib beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

614

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing