Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi
Sport
−
15 fevral 2019
4438Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yilning 13 fevral kuni Olma ota shahrida Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda Xalqaro basketbol federatsiyalar assotsiatsiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederatsiyaga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi.
Konferensiya davomida bir yo‘la ikki o‘zbekistonlik CABA’ning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston basketbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Xurshid G‘iyosov CABA’da g‘aznachilik bo‘limini boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotibi Ravshan G‘aniyev mintaqaviy Konfederatsiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.
Ma’lumot uchun, mazkur Konfederatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federatsiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog‘istonning Olma ota shahrida joylashgan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15