Markaziy bozor ma’muriyati “Bukhara News” portali faoliyatiga to‘sqinlik qilgani aytilmoqda. Prokuratura tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
06 fevral 2021
9445Ijtimoiy tarmoqlarda “Bukhara News” internet nashri vakillariga Buxoro Markaziy bozor ma’muriyati tomonidan to‘sqinlik qilingani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasida rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 6 fevral kuni “Bukhara News” internet nashri vakillarining qonuniy faoliyatiga Markaziy bozor ma’muriyati tomonidan to‘sqinlik qilinganligi holati o‘rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, “Bukhara News” internet nashri xodimlari tomonidan “Buxoro Markaziy dehqon bozori”da “Viloyatda ishga kirish pullikmi” mavzusida aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilayotgan vaqtda bozor nazoratchilari T.R va M.A tomonidan ularga to‘sqinlik qilinib, ularning qo‘llaridagi mikrofon va uyali aloqa telefonlari olib qo‘yilgan.
Shuningdek, “Bukhara News” internet nashri xodimlari Sh.H va D.A lar bilan o‘tkazilgan suxbat davomida nazoratchilar T.R va M.A lar ularni haqorat qilib, bozordan chiqarib yuborganliklarini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi