Markaziy bank “Telegram”dagi soxta kanal va’dalaridan ogohlantirmoqda
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
4971“Telegram” messenjirida Markaziy bank nomi bilan noto‘g‘ri xabarlar taqatayotgan soxta kanal fosh etildi. Bu haqda Bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “zakaz_mui” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan va “MARKAZIY BANK AKSIYASI” nomi bilan faoliyat olib borayotgan “Telegram” kanalda tarqatilayotgan axborot Markaziy bankning kommunikatsion kanallariga aloqasi yo‘q. Xabar hech qanday asosga ega emas.
“Rasmiy tashkilot nomidan noqonuniy faoliyat yuritilishi amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun respublika huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi“, deyiladi ma’lumotda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar