Markaziy bank Oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini belgiladi
Jamiyat
−
06 fevral 2019
3694O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumush esdalik tangalarning 6 fevraldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra:
1 ta oltin tanga narxi – 13 700 000 so‘m;
1 ta kumush tanga narxi – 266 000 so‘mni tashkil etmoqda.
Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
LiveBarchasi