Markaziy bank esdalik tangalarning yangi narxini belgiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalarning 2019 yil 27 fevraldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. 

Unga ko‘ra: 

1 ta oltin tanga narxi o‘zgarmasligicha qoldi va  13 900 000 so‘m etib belgilandi. 

1 ta kumush tanga narxi esa o‘tgan haftaga nisbatan 2 ming so‘mga qimmatlab 266 000 so‘mni tashkil etdi. 

Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yo‘lga qo‘yildi. 

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing