Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirdi
Jamiyat
−
22 aprel 2021
2090Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda bank Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror inflyatsiya darajasini pasaytirish va iqtisodiyotning tiklanib borishi sharoitida iqtisodiy faollikni ko‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, tashqi bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi bo‘yicha xatarlar fonida inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayuvchi dinamikasini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan.
“Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyatsiya omillari va xatarlari mohiyatini sinchkovlik bilan o‘rganishni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 10 iyuniga belgilangan.
Ma’lumot uchun Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkasi joriy yilning mart oyida ham o‘zgarishsiz qoldirilgandi.
LiveBarchasi