Mariupoldagi binodan 200 ta jasad topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Mariupol shahrida Rossiyaning raketa hujumiga uchragan turar-joy binosi vayronalari ostidan 200 kishining jasadi topildi. "Euronews"ning yozishicha, bino atrofida badbo‘y hid tarala boshlagach, u yerda qazish ishlari olib borilgan va chirishni boshlagan jasadlar topilgan. 

Jasadlar qachon topilgani haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, voqea ruslarning shu kungacha qilgan eng qonli hujumlaridan biri sifatida tarixga kirishi qayd etilgan.

Rossiya bosib olishni maqsad qilgan Azov dengizi sohilida va Donbas viloyatining janubida joylashgan Mariupol taxminan uch oydan beri Rossiya qamalida edi. Kuchli bombardimon natijasida vayron bo‘lgan shaxar, o‘tgan hafta po‘lat zavodida qarshilik ko‘rsatgan Ukrainalik askarlarning taslim bo‘lishi ortidan ruslar tomonidan egallab olingan edi. 

Mariupolning qulashi bilan Ukraina Azov dengizidan uzildi.

Urushdan oldin taxminan 450 ming aholiga ega shaharda qamal vaqtida 100 ming kishi qolib ketgan. Ular juda oz oziq-ovqat, suv, issiqlik va elektr quvvati bilan omon qolishga harakat qilgan.

Ukraina hokimiyat organlari qamal paytida 21 ming odam halok bo‘lganini ma’lum qilib, Rossiyani o‘liklarini kuydirish uchun ko‘chma krematsiya mashinalarini olib kelganlikda yoki ularning jinoyatlarini yashirish maqsadida ularni ommaviy qabrlarga ko‘mishda ayblamoqda.

Mariupolga hujumning dastlabki davrida Rossiya raketalari bir marta tug‘ruqxonaga, boshqa safar esa shahar teatrini nishonga olgandi. Ukraina rasmiy organlari tinch aholi boshpana olayotgan teatrga uyushtirilgan hujumda kamida 300 kishining hayotdan ko‘z yumganini bildirar ekan, bu raqam ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Sevinch To‘xtaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing