Mariupolda 1 000 dan ortiq ukrain askari asir tushdi – Rossiya Mudofaa vazirligi
Olam
−
13 aprel 2022
129221 000 dan ortiq ukrainalik askar Mariupolda ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi, ulardan 162 nafari ofitser va 47 nafari ayol harbiy xizmatchilar. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ilich nomidagi metallurgiya zavodi hududida tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi militsiya bo‘linmalari va Rossiya Qurolli Kuchlarining hujumi natijasida 36-dengiz piyoda brigadasining 1 026 nafar harbiy xizmatchisi ixtiyoriy ravishda qurollarini tashlab, asir sifatida taslim bo‘lgan. Taslim bo‘lgan harbiy xizmatchilar orasida 162 nafar zobit, shuningdek 47 nafar ayol askar bor.
Konashenkovning qo‘shimcha qilishicha, 36-dengiz piyoda brigadasining 151 nafar yaralangan harbiy xizmatchisiga voqea joyida birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng ularning barchasi Mariupol shahar shifoxonasiga davolanish uchun yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 aprel kuni Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Rossiya bo‘linmalari Ukrainaning uchta tankini, beshta piyoda jangovar mashinasini, yettita avtomobilini va 50 nafar harbiy xizmatchini yo‘q qilgan. 42 nafar ukrainalik harbiy esa ixtiyoriy ravishda qurollarini tashlab, taslim bo‘lganini e’lon qilgandi
LiveBarchasi