Mari Fredriksson saraton sabab vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Dunyoga mashhur “Roxette” guruhi yakkaxoni Mari Fredriksson vafot etdi. Xonanda 61 yoshda bo‘lgan. 

"Mari Fredriksson kecha, 9 dekabr kuni ertalab og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi", deb yozmoqda “Dagens Nyheter” gazetasi.

Fredrikson 1958 yil 30 mayda Esshyo shahrida tug‘ilgan. O‘tgan asrning 80-yillarida xonandaning ikkita musiqiy albomi tinglovchilarga taqdim etilgan va bu albomlar unga mislsiz mashhurlik olib kelgan. 

U 1986 yilda do‘sti Per Gessl bilan “Roxette” guruhini tuzdi. Guruh butun dunyo bo‘ylab gastrol konsert dasturlarini taqdim etdi. “Roxette”ning repertuaridan o‘rin olgan "Yuragingizni tinglang" va "Bu sevgi bo‘lishi kerak edi" qo‘shiqlari dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan. 

2000 yillarning boshlarida Fredriksonga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Qo‘shiqchi ko‘p yillar davomida kasallik bilan kurashdi. Qayd etilishicha, u ikki farzandning onasi bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mari Fredriksson Roxette

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar