Marg‘ilondagi masjid buzilishi bo‘yicha ish Bosh prokuraturaga yuborildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzib tashlangandi. Viloyat hokimligi ushbu holatga izoh berib, eski masjid o‘rniga yangisini qurmoqchiligini aytgandi. 

Madaniy meros agentligiga ko‘ra, ushbu masjidning buzib tashlangani bo‘yicha ish tergov uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan. Chunki agentlik huzuridagi Ilmiy kengash “Xo‘ja Porso” jome masjidini buzib tashlashga ruxsat bermagan.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasining 2021 yil 14 avgustdagi 851-sonli xatiga asosan “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida qo‘shimcha bino inshootlar qurish bo‘yicha loyiha taklifi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

O‘rganishlar natijasi yuzasidan 2020 yil 3 noyabrdagi xat bilan Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasiga “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida milliy ro‘yxatdagi Respublika ahamiyatiga ega bino majmuasi saqlangan holda, binoning yangi bosh rejasi taqdim qilinishi, bino ko‘rinishi Marg‘ilon an’anaviy me’morchiligi asosida loyihalashtirilishi, gumbaz, arka (ravoq) qurilishi usuliga e’tibor qaratilishi yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

“Binoning tarixiy bosh tarhi taqdim etilmagani, yangi va eski binolarning bir-biri bilan mutanosibligi ishlab chiqilmagani hamda loyiha tashkiloti litsenziyasiz kengashga taqdim etilgani sababli loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar Madaniy meros agentligiga qayta taqdim etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing