Marg‘ilonda 1,7 mlrdni talon-toroj qilgan sobiq XTB boshlig‘i qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvlroq, Marg‘ilon shahar Xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta’mirlash ishlari davomida jami 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilgani va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, katta miqdordagi byudjet mablag‘ini talon-toroj qilishda ayblanayotgan Marg‘ilon shahar Xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi belgilangan.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shaxar sudining ajrimi bilan Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan “Qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi prokuratura Matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing