Marg‘ilon shahri hududi kengaytiriladi

Jamiyat

image

Marg‘ilon shahar hududi kengaytiriladi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahar hududi 734 gektarga kengayadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavakat Mirziyoyev shu yilning 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hududini kengaytirish bo‘yicha bergan topshiriqlarga asosan amalga oshirilmoqda. Bu haqda UzA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat qurilish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan bosh rejaga asosan Marg‘ilon shahrini kengaytirish maqsadida Farg‘ona tumani Cheksho‘ra Mashrab Bobur massivi hududidan bir qismi hamda Marg‘ilon yo‘ldosh shaharchasi maydonlarini biriktirish munosabati bilan Marg‘ilon shahar ma’muriy hududiy chegara chizig‘iga o‘zgartirish kiritish belgilandi. Ishchi guruh tomonidan bu bo‘yicha taklif tayyorlandi.

Yangi taklifga ko‘ra, Farg‘ona tumani Cheksho‘ra Mashrab Bobur massividan 10 ta qishloq xo‘jalik korxonalari, 8 ta begona yerdan foydalanuvchilar, Marg‘ilon yo‘ldosh shaharchasidan 12 ta begona yerdan foydalanuvchilar jami  734,91 gektar, shundan ekin yer maydoni 151,82 gektar, ko‘p yillik daraxtlar 118,07 gektar va 465,02 gektar boshqa yer maydonlarini Marg‘ilon shahriga ajratish uchun loyiha ishlari amalga oshirildi.

Farg‘ona tumanidan 734,91 gektar yer maydoni shaharga qo‘shilgandan keyin Marg‘ilon shahrining umumiy maydoni 4 817,91 gektarni tashkil qiladi. Hozirda bu borada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanib, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisda ko‘rib chiqish uchun kiritishishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing