Marg‘ilon hokimligi “roddom” yerini sotib yubordi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘uruq kompleksi balansidagi yer maydoni va bino-inshootlar Sog‘liqni saqlash vazirining roziligisiz sotib yuborildi. Bu haqda viloyat hokimining “Marg‘ilon shahar hokimining “Uzoq muddatdan buyon bo‘sh turgan va maqsadsiz foydalanilmayotgan bino-inshootlarni shahar hokimligi balansiga olish xaqida”gi qarorini bekor qilish to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirining roziligini olmagan holda, shahar hokimining 2019 yil 17 iyundagi “Uzoq muddatdan buyon bo‘sh turgan va maqsadsiz foydalanilmayotgan bino-inshootlarni shahar hokimligi balansiga olish xaqida”gi qaroriga asosan, shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq kompleksining 6612,0 m2 yer maydoni, sobiq xirurgiya bo‘limi va avtogaraj bino-inshootlari bilan birga shahar hokimligi zaxira fondiga olingan.

Shahar hokimining tegishli qarorlariga asosan yuqoridagi yer maydoni va bino-inshootlar tadbirkorlik sub’ektiga yetkazilgan zararni qoplash uchun auksion savdolari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga sotib yuborilgan.

Shu sabab Farg‘ona viloyati hokimining qarori bilan, Marg‘ilon shahar hokimining “Uzoq muddatdan buyon bo‘sh turgan va maqsadsiz foydalanilmayotgan bino-inshootlarni shahar hokimligi balansiga olish xaqida”gi qarori bekor qilinib, yer maydoni va bino-inshootlar shahar hokimligi zahirasidan tug‘uruq kompleksi balansiga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing