“Mard o‘g‘lon” mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir guruh yoshlarni “Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:

  • Botirbek Jolmurzayevich Xojabekov - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi sport guruhi yo‘riqchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Islom Saparboyevich Eshniyozov - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahna ustasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li No‘monjonov - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti (Andijon viloyati)
  • Akmaljon To‘ravoy o‘g‘li Sattorov - Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi (Andijon viloyati)
  • Shoxijahon O‘tkir o‘g‘li Yoriyev - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
  • Ulug‘bek O‘ktamovich Rashidov - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)
  • Davron Abdurashid o‘g‘li Mamatkarimov - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Jizzax viloyati)
  • Qudratulla Sundorqul o‘g‘li Sunnatov - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
  • Davron Kamoliddin o‘g‘li Karimov - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xor jamoasi artisti (Qashqadaryo viloyati)
  • Bobur Anvarovich Muhitdinov - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi yo‘riqchi-qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)
  • Faxriyor Akromjon o‘g‘li Baxtiyorov - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
  • Quanishbek Tursunovich Yerejepbayev - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
  • Fayzullo Xusanboy o‘g‘li Rahimov - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti (Namangan viloyati)
  • Jamshidbek Farxodjon o‘g‘li Sotvoldiyev - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)
  • Sanjar Isomiddin o‘g‘li Toshbekov – “Ma’naviy hayot” jurnali musahhihi (Samarqand viloyati)
  • Feruz Xurshid o‘g‘li Hakimov - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti (Samarqand viloyati)
  • Mixail Sergeyevich Kleshko - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
  • Azizbek Abdumurod o‘g‘li Usmonov - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
  • Shermuhammad Mamarajab o‘g‘li Jandreyev - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)
  • Parvez Kamol o‘g‘li Qudratillayev - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
  • Murodjon Anvar o‘g‘li Aliyev - Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)
  • Muhammadibrohim Baqojon o‘g‘li Egamberdiyev - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
  • Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li Shermatov – “Yangi Farg‘ona” gazetasi muxbiri (Farg‘ona viloyati)
  • Shavkatjon Nurmat o‘g‘li Xudoberdiyev - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti (Farg‘ona viloyati)
  • Alibek Javlonbek o‘g‘li Umrboyev – “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
  • Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li Egamberdiyev - Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)
  • Mirjahon Muxammadjon o‘g‘li Muxammadov - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
  • Jahongir Mansur o‘g‘li Nosirov - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, jurnalist (Toshkent shahri)

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing