Marafonda 47 yoshli qatnashchi finishga yetib kelib, vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan marafonda 47 yoshli Rustem Sodiqov vafot etdi. Bu haqda musobaqa saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 47 yoshli erkak 10 kilometr masofani bosib o‘tgan va uni yengib o‘tib, hushini yo‘qotgan.

Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, u bunday musobaqalarda birinchi marta qatnashayotgani yo‘q.

“Ishtirokchi Respublika maydonida marra chizig‘ini zo‘rg‘a bosib o‘tib, bir necha metr yurib, darrov yiqildi”, deydi marafon bosh shifokori Orazbek Saxov.

Shifokorning aytishicha, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uni jonlantirish 30 daqiqa davom etgan, biroq Sodiqovni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

“Uning o‘limi sababi sud-tibbiy ekspertizasidan keyin aytiladi”, deydi Saxov.

Olmaota Marafoni – Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyodagi eng yirik sport tadbiri hisoblanadi. Marafon 2013 yildan beri Xalqaro marafonlar va poygalar assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

889

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing