Marafon o‘tkazilishi tufayli Toshkentda qator ko‘chalar yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

III Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan ba’zi ko‘chalar transport harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar quyidagilar:

27 mart 23:00 dan 28 mart 13:30 gacha: Afrosiyob ko‘chasi – “O‘zbekiston” metro bekati yaqinidagi chorrahadan “Humo Arena” muz saroyi yaqinidagi chorrahagacha;

28 mart soat 06:00 dan 09:30 gacha: Afrosiyob ko‘chasining “O‘zbekiston” metro bekati yaqinidagi chorrahadan “Kosmonavtlar” metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Sharof Rashidov shoh ko‘chasining “Kosmonavtlar” metro bekatidan Markaziy ko‘rgazmalar zaligacha bo‘lgan qismi;

Islom Karimov shoh ko‘chasining Markaziy ko‘rgazmalar zalidan “O‘zbekiston” metro bekatigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, 28 mart soat 06:00 dan 13:30 gacha: marafon yo‘nalishiga ko‘ra – Humo Arena muz saroyi yaqinidagi chorrahadan Nukus ko‘chasigacha, Bobur nomli ekopark, “Jasorat” monumenti bo‘ylab Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalarining kesishmasigacha ham yo‘l yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing