Maoshidan norozi o‘qituvchilar ish tashladi
Olam
−
17 yanvar 2023 20127 1 daqiqa
Shotlandiya maktab o‘qituvchilari oylik maoshini 10 foizga oshirishni talab qilib, 16 kunlik ish tashlashni e’lon qildi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.
Ish tashlash mamlakatning barcha hududlarida bo‘lgani sababli, maktablar vaqtincha yopilgan hamda o‘rta maktab o‘quvchilarining oraliq imtihonlari to‘xtatib qo‘yilgan.
Shuningdek, Shotlandiya ta’lim instituti (EIS) va Shotlandiya o‘rta maktab o‘qituvchilari assotsiatsiyasi (CCTA) a’zolari ish haqini 5 foizga oshirishni taklif qildi, ammo maktab o‘qituvchilari bunga rozi bo‘lmadi.
Shotlandiya o‘rta maktab o‘qituvchilari assotsiatsiyasi bosh kotibi Seamus Searsonning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar aslida ish tashlashni xohlamaydi, ularning oylik maoshi kam bo‘lgani uchun qo‘shimcha repetitorlik va boshqa ishlarni qilishga majbur bo‘lgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr