Manhattan TJM: Flatiron inshootida maxsus taklif

Biznes

image

Yangi yil bayramlari ham nishonlab bo‘lindi, ammo First Development Group kompaniyasining mijozlar uchun foydali takliflari to‘xtamayapti. Va, bugungi kunda developer Manhattan TJMning premium inshooti – Flatiron’da xonadonlarni xarid qilib olayotganda 30 oyga foizsiz muddatli to‘lov rejasidan foydalanishni taklif qiladi.

Manhattan – bu poytaxtning eng elita tumanlaridan biri – Darxondagi muhtasham turar-joy majmuasidir. Toshkentdagi Nyu-Yorkning bir bo‘lagi sizni tom ma’noda bir vaqtning o‘zida hashamatlilik va qulaylik qadrlanuvchi Nyu-York muhitiga g‘arq qiladi, shu bilan birga tabiat bilan uyg‘unlik sizga bir olam huzur bag‘ishlaydi.

O‘tgan yil nihoyasida shoxona Flatiron inshooti sotuvi boshlangan edi. Bu – o‘ziga xos uchburchak shaklida loyihalashtirilgan, o‘zgaruvchan qavatli go‘zal inshoot bo‘lib, u ilk qarashdayoq “Bolshoye yabloko” timsollaridan biri bo‘lgan Flatiron Bilding osmono‘par binosini (dazmol shakli ko‘rinishidagi inshoot) eslatadi.

Nyu-Yorkning ajoyib arxitekturasiga o‘xshovchi inshootlar bu bilan cheklanmaydi. Qurilish sifati va qo‘llanilayotgan materiallar ishonchliligi, standartlar va texnologiyalarga muvofiqligi, hududlarni belgilashni tashkil etish xalqaro talab darajasi bilan taqqoslanadi. Taklif etilayotgan xonadonlar maydonlarining xilma-xilligi va har bir santimetrigacha funksional tarzda puxta o‘ylangan maydonini hisobga oladigan bo‘lsak, bu yerda, nafaqat katta oilalar, balki bir necha kishidan iborat kichik oila vakillari ham bemalol istiqomat qilishlari mumkin. Bugun har biringizda o‘zingiz orzu qilganingizdek xonadonni 30 oygacha foizsiz muddatli to‘lov tarzida foydali xarid qilib olishdek ajoyib imkoniyat mavjud. Flatironda yashash hashamat va qulaylikning sinonimidir, chunki bu inshoot Manhattan TJMning eng elita qismidir.

Manhattan’dagi xonadonlar dastlabki tugatish formatida foydalanishga topshiriladi, buning natijasida esa, har bir xaridor individual tarzda o‘z ijodkorligini hisobga olgan holda o‘z uyini bezatishi mumkin. Flatiron inshooti to‘liq eksklyuziv rejalashtirish yechimlarini va tanlash uchun 16 qavatdan birini taklif qiladi. Derazalaringizdan siz shahar markazining ajoyib manzarasini kashf qilasiz. Muddatli to‘lash uchun bundan ham yaxshiroq taklif bo‘lmaydi, ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalanishga ulgurib qoling!

Manhattan TJMning savdo ofisida, shuningdek, developerning markaziy ofisida tafsilotlarni bilib olishingiz, chegirma olishingiz va xarid qilishingiz mumkin.

“Manhattan” TJM savo ofisi manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 180.

FDG markaziy savdo ofisining manzili:

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+998 (78) 777-01-01
+998 (78) 150-55-11

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing