“Manyovr” qilgan Malibu jarima maydonchasining “to‘ridan” joy oldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Malibu rusumli avtomobil qatnov yo‘lida turli xavfli “manyovr”lar bilan boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit berganligi aks etgan videolavha tarqaldi. 

Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu video o‘rganilgan va haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarliklari yuzasidan tegishli tartibda bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. 

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. Yo‘l - o‘yin maydoni emasligini unutmang”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Gollivud “kaskadyor”larini dog‘da qoldirgan operator javobgarlikka tortilgandi. U avtomobil qatnov qismida Spark’ning eshigiga chiqib, to‘yni videoga olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing