Mane Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Senegallik hujumchi Sadio Mane “Afrikaning eng yaxshi futbolchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Ushbu sovrin uchun kurashda Mane “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi, misrlik Muhammad Saloh va “Chelsi” jamoasi darvozaboni hamda o‘zining termadagi  jamoadoshi Eduard Mendini ortda qoldirdi.

Mane so‘nggi mavsumda “Liverpul” bilan Angliya kubogi va Angliya liga kubogida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Mane mersisaydliklar tarkibida Angliya Premer ligasi vitse-chempioni bo‘lgan bo‘lsa, Yevropa Chempionlar ligasi finalida Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga imkoniyatni boy bergan. Senegal terma jamoasi safida esa fevralda bo‘lib o‘tgan Afrika chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan. 

Mane yozgi transferlar oynasida 32 million yevro evaziga “Liverpul”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, senegallik hujumchi “Liverpul” tarkibida 2021/22 mavsumda 50 uchrashuvda 23 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing