Mandat qaysi viloyatda qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
03 Sentyabr 2021 14451 1 daqiqa
Bugun, 3 sentyabr kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining javoblari e’lon qilinadi. Biroq sayt serverlariga ortiqcha yuklama bo‘lmasligi uchun natijalar hududlar kesimide e’lon qilinadi.
DTMning xabar berishicha, natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:
15:00 dan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida testga kirgan abituriyentlar uchun;
16:00 dan — Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida testga kirgan abituriyentlar uchun;
17:00 dan — Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida testga kirgan abituriyentlar uchun.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr