Mandarin yeyish kimlarga mumkin emas?
Foydali
−
08 dekabr 2020
20464Mandarin nimasi bilan xavfli va uni iste’mol qilish kimlarga mumkin emas? Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Olga Grigoryan ma’lumot berdi.
Shifokorning ta’kidlashicha, mandarinni haddan tashqari ko‘p yeyish tashqi ko‘rinishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning tarkibidagi fruktoza miqdori boshqa sitrus mevalaridagidan ko‘ra ko‘p.
Shuningdek, semizlikdan va diabetdan aziyat chekuvchilar ham ushbu mevani o‘z ratsionidan chiqarishi kerakligi aytilgan.
"Kuniga ikkita mandarin yeyish mumkin, undan ko‘p emas", deb ta’kidlagan Grigoryan.
Shuningdek, mandarin allergiyasi bor odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi.
"Agar siz allergik kasalliklarga duch kelsangiz, unda bu mevalarni ratsioningizdan olib tashlashingiz kerak. Albatta, bolalar uchun ham dozani cheklash zarur", degan shifokor.
Shuningdek, diyetolog oshqozon-ichak kasalligi bilan og‘riganlar ham mandarinni cheklangan miqdorda yeyishi kerakligini aytgan.
LiveBarchasi