Mandarin narxi “osmonda”. Antimonopoliya o‘rganish o‘tkazdi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
7587Bu mavsumda mandarin narxlari keskin oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rganish o‘tkazib, takliflar bildirdi.
Qo‘mita Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishda mandarin katta sorti Pokiston mahsulotini ulgurji narxi 8000-9000 so‘mdan realizatsiya qilinayotgani, dehqon bozorlaridagi chakana narxi 12000 so‘mdan 14000 so‘mgacha sotilayotgani qayd etilgan.
Xabarga ko‘ra, tahlil jarayonida dekabr oyida import qilingan katta mandarinning har bir kilogrammiga import narxi 1258,1 so‘mni, bojxona to‘lovlari jami 4874 so‘mni tashkil etmoqda. 1 kilogramm mandarin narxi esa 6132 so‘mni tashkil etmoqda. Mandarin mahsuloti, asosan, Afg‘oniston orqali Pokiston davlatidan (81,9 foiz) import qilinmoqda.
Afg‘onistonning Xayraton hududidan Surxondaryo viloyatining Ayritom bojxona hududidagacha bo‘lgan masofa uchun 1 ta yuk transportiga 20 000 kilogramm mahsulot yuklanishi va transport xarajatlari o‘rtacha 700 dollarni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan.
Mandarin mahsulotini Xitoy Xalq Respublikasidan import qilishdagi bir furaning transport xarajatlari 2019 yilda 4000-5000 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda pandemiya sababli bitta furaning transport xarajati 25000-26000 dollarga chiqib ketgani oqibatida, narxlarning oshishiga sabab bo‘layotgani hamda mazkur bozorga barcha tadbirkorlik sub’ektlarining kirishiga to‘siq bo‘layotgani ma’lum bo‘lgan.
Qo‘mita bir qator takliflar bildirgan, xususan, mevalarning importi bilan bog‘liq barcha bojxona to‘lovlari hamda uni hisoblash tartibini qayta ko‘rib chiqish va ularni kamaytirish yuzasidan taklif bildirilgan.
LiveBarchasi