“Manchester Yunayted” yetakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzoladi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi portugaliyalik yarim himoyachisi Bruno Fernandesh bilan 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Natijada, Bruno “qizil iblislar”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik yarim himoyachi va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi muzokaralar iyul oyidan beri davom etmoqda va taxminan ikki hafta oldin tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan. Bu haqda yaqin orada rasmiy xabar beriladi

Portugaliyalik futbolchining yangi shartnomasi  amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan vaqtga atigi bir yil qo‘shadi. Ammo Brunoning maoshini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda, “Manchester Yunayted” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iste’dod egasini 90 million yevroga baholamoqda. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing