“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyada zarar ko‘rganlarga katta summa xayriya qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan zarar ko‘rganlarga yordam berish uchun UNICEF'ga 50000 funt sterling (60315 dollar) xayriya qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Manchester Yunayted”ning 50000 funt sterling miqdoridagi xayriyasi zilziladan jabr ko‘rgan bolalar va oilalarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish va ta’minot ishlarini tezlashtirishga yo‘naltiriladi. 

UNICEF Suriyada bolalar xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga harakat qilmoqda. Tashkilot Turkiyaga favqulodda vaziyatlar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni yetkazdi va bolalarni xavfsiz joyga ko‘chishini ta’minladi.

“Manchester Yunayted” moliyaviy bo‘limi bosh ijrochi direktori Jon Shiyels xayriya ishlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

“UNICEF resurslari orqali klubning xayriyalari Turkiya va Suriyaga yetkaziladi. Bizning xayriya dahshatli falokatdan jabr ko‘rgan minglab yoshlar va oilalarga tezda yordam berishga va’da berganimizni anglatadi”, deydi Shiyels.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing