“Manchester United” “Real” futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

Angliyaning “Manchester United” jamoasi “Real Madrid”  yulduzi Marko Asensio bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda “El Chiringuito” telekanali xabar berdi.

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Asensio Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendeshning mijozi hisoblanadi. Bu 26 yoshli futbolchining “Manchester United”ga o‘tishida asosiy rolni o‘ynashi mumkin.

“Los blankos” uchun o‘ta omadli o‘tgan mavsumda Marko Asensio g‘alabalarda asosiy vazifani bajarolmadi va asosiy tarkibdagi o‘rnini Federiko Valverdega bo‘shatib berdi. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham Asensio “Real Madrid” bilan ajoyib sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Endi u shunchaki futboldan rohatlanish uchun “qizil iblislar” safiga borib qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Asensio “Real Madrid” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali 26 yoshli iqtidor egasini 40 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing