“Manchester Yunayted”ni boshqarishga da’vogar murabbiylar ro‘yxati tuzildi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning murabbiylik postiga asosiy da’vogarlar ma’lum
“Manchester Yunayted” jamoasining inqirozli holati hech tugamayapti, bir qarashda ajoyib yigitlar va qoyilmaqom jamoadek tuyiladi-yu lekin klub barqaror va jamoaviy futbolni yaxshi yo‘lga qo‘ya olmayapti. Shuning uchun, “qizil iblislar” muxlislar kutganidek chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylanolmayapti. Germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik ham kutilgan ishonchni oqlaganicha yo‘q.

“Manchester”ning ishlari Ole Gunnar Sulsher iste’foga ketganidan so‘ng ham yurishib ketmadi. “Qizil iblislar” APLning 24-turi doirasida “Bernli”ning qarshiligini sindira olmadi. Undan oldin, “Midlsbro”ga mag‘lub bo‘lib, Angliya kubigidan ham uchib ketgan edi.

Richard Arnold boshchiligidagi rahbariyatning “qizil iblislar” qayd etayotgan natijalaridan hafsalasi pir bo‘lmoqda. Shu sabab, rahbariyat yangi murabbiy olib kelishni kun tartibiga qo‘ygan.

Klub rahbariyati murabbiylik postiga kelishi mumkin bo‘lgan, bir nechta mutaxassis nomzodini o‘rganmoqda. Ammo “mankunianlar” short-listining boshida PSJ ustozi Maurisio Pochettino va “Ayaks” bosh murabbiyi Erik Ten Xag turibdi.

Parijliklar anchadan buyon PSJ  boshqaruviga Zidanni olib kelish haqida o‘ylamoqda. Qolaversa, Maurisioning PSJ yulduzlari bilan munosabatini juda iliq deb bo‘lmaydi. Shuning uchun “Manchester Yunayted”ga argentinalik mutaxassisning boshchilik qilishi ehtimoli yuqori. Erik Ten Xag “Ayaks”ni bir nechta mavsumdan buyon muvaffaqiyati boshqarib kelmoqda. Futbol jamoatchiligi anchadan buyon uning katta klublarda ko‘rinish berishi mumkinligi haqida yozib keladi. Endilikda Ten Xagning o‘zi ham yangi chorlovlar haqida o‘ylab ko‘rar. Bunisini vaqt ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasida 23 ta uchrashuvda  39 ochko jamg‘argan holda, jadvalning 5-pog‘onasida bormoqda. Agar, “qizil iblislar” shu ruhda davom etadigan bo‘lsa, Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing