“Manchester Yunayted” musobaqadan chiqdi. Rangnik aybdorlarni aytdi

Sport

image

Kecha, 4 fevral kuni Angliya kubogining 1/16 finali doirasida “Manchester Yunayted” jamoasi “Midlsbro” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 25-daqiqasida Jeydon Sancho jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Metti Kruks “Midlsbro”ning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. O‘yinning asosiy qismi durang bilan yakunlanib, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida manchesterliklar safida Entoni Elanga penaltini aniq amalga oshira olmadi hamda seriya 7-8 hisobida yakunlandi. “Midlsbro” jamoasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati shundaki, 20-daqiqada “qizil iblislar” foydasiga belgilangan penaltini Krishtianu Ronaldu aniq amalga oshira olmadi. Bu portugaliyalik hujumchining “Manchester yunayted” safida ura olmagan to‘rtinchi, faoliyatidagi yigirma to‘qqizinchi penaltisi bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng “mankunianliklar” bosh murabbiyi Ralf Rangnik o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Biz hisobni 3-0 ga qadar ham o‘zgartirishimiz mumkin edi. Birinchi bo‘limning o‘zida bizda katta imkoniyatlar bo‘ldi. Raqib ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va gol urdi. Demak, ayb o‘zimizda”, deydi germaniyalik mutaxassis.

Shuhrat Homidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing