“Manchester Yunayted”ga yangi murabbiy topildi

Sport

image

Argentinalik mutaxassis Diyego Simeone yangi taklif sabab Madridning “Atletiko” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 52 yoshli murabbiy Angliya premer ligasi grandlaridan birida ishlash imkoniyatiga ega. “Manchester Yunayted” rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi “qizil iblislar”ning beqaror natijalaridan norozi va agar vaziyat yaxshilanmasa, Simeonega taklif bilan chiqishga tayyor. Agar MYU ushbu mavsumda omadsiz o‘yin ko‘rsatsa, Diyego kelasi yozda jamoani boshqarishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik murabbiy 2011 yildan beri “Atletiko Madrid” klubini boshqarib kelmoqda. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023–2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing