“Manchester Siti” “Milan” hujumchisini sotib olmoqchi

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi hujumchisi Rafael Leaoning xizmatlariga yana bir top klub qiziqib qoldi. 22 yoshli portugaliyalik futbolchi Pari Sen-Jermen va “Barselona”dan keyin “Manchester Siti”ning ham e’tiborini tortdi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" Leaoning huquqiy ishlariga mas’ul bo‘lgan, taniqli futbol agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralarni boshladi.

Manbaning xabariga ko‘ra, milanliklar hujumchini sotishni istamayapti. Agar, Leaoni sotib olishni istovchi klub kamida 70 million yevro taklif qiladigan bo‘lsa, “Milan” jamoasi rahbariyati muzokaralar stoliga o‘tirishi mumkin.

Shuningdek, “rossonerilar” Leaoga 2026 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qildi. Agar, portugaliyalik hujumchi taklifni qabul qiladigan bo‘lsa, uning maoshi yiliga 4,5 million yevrogacha ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Rafael Leao “Milan” tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing