Rasman: Grizmann “Atletiko”ni tark etadi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann “Atletiko Madrid”dan ketishi haqida e’lon qildi.
 
Futbolchining so‘zlariga tayanib xabar bermoqda ispan jamoasi matbuot xizmati.

“Bu ajoyib besh yil edi, hammasi uchun minnatdorchilik bildiraman, har doim yuragimda qolasiz”,  dedi Grizmann muxlislar va jamoaga qilgan murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Grizmann klub bosh murabbiyi bilan uchrashib, kelgusi mavsumda jamoada o‘ynashni istamasligini aytgan.

Grizmann  2014 yildan buyon “Atletiko”da o‘ynab kelayotgan edi.  Shu vaqt mobaynida u klub tarkibida 256 ta o‘yin o‘tkazib, 133 ta gol urgan va 50 ta golga assistentlik qilgan. Hujumchi jamoa bilan  Yevropa Ligasi (2018), UEFA Superkubogi (2018) va Ispaniya Superkubogi g‘olibi (2014) bo‘lgan.  2015/16 yilgi mavsumda fransuz Ispaniya chempionatida eng yaxshi futbolchi deb topildi. 2016 yilda Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Shuningdek, fransiyalik forvard 2016 yilda Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida terma jamoa hujumchisi turnirni g‘alaba bilan yakunladi. “Gol + pas” bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatib, yettita uchrashuvda 4ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.

Umuman olganda, fransuz futbolchisi terma jamoa safida 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urgan. 2018 yilda Grizmann “Oltin to‘p” sovrini uchun kurashda ovozlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagab, “Bronza to‘p” ni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing