“Manchester City” egalari Italiyadan klub sotib olishga yaqin turibdi

Sport

image

Italiyaning “Palermo” jamoasi prezidenti Dario Mirri o‘zining 80 foiz aksiyalarini “Manchester City” va yana 11 ta klubga egalik qiluvchi “City Football Group”ga sotishga tayyor. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar berdi.

Hozirda ikki tomon ham doimiy muzokaralarga kirishgan va imkon qadar tezroq bitim tuzish ustida ish olib borilyapti. Mirri jamoadagi ulushining bir qismini saqlab qoladi. Agarda, “Palermo” sotiladigan bo‘lsa, Dario klubda vakillik vazifasini bajaradi.

“City Football Group” "Palermo" uchun taxminan 6 million yevro to‘laydi. Shubhasiz, yillar davomida jamoaning qiymati faqat o‘sib boradi. Ushbu sotuv Sitsiliya futboliga ulkan o‘zgarishlarni olib kelishi mumkin. Sababi “Palermo” joriy mavsumda C Seriyani B Seriyaga almashtirishga yaqin. Ya’ni, ularni Italiyaning birinchi raqamli chempionatidan ozgina masofa ajratib turibdi. Yangi egalar bilan “Palermo” maqsadi tomon tezroq borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, konsorsium allaqachon butun dunyo bo‘ylab 12 ta klubga egalik qiladi, jumladan Avstraliyaning “Melburn Siti”, Amerikaning “Nyu-York Siti” va Urugvayning “Montevideo Siti Torke” jamoalariga “City Football Group” ning bevosita boshqaruvi ostida.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing