“Manchester Siti” Angliya chempioni

Sport

image

Nega muxlislar Angliya Premer ligasini sevadi. Sababi oddiy, bu chempionatda hech kim favorit emas.

Har qanday kuchli tarkibga jamoa ham quyida borayotgan jamoadan tarsaki qabul qilishi ehtimoli yuqori. 

Muxlislarini fantastik o‘yinlar bilan rom qila olgan Angliya Premer ligasi ligasi ham o‘z poyoniga yetdi. 

Chempionaat so‘nggi turigacha intriga saqlanib turgani esa barchaning qiziqishini orttirgan bo‘lsa ajab emas. Xuddi “MYU” singari ularning hamshahari “Manchester Siti” so‘nggi turda “Brayton” bilan o‘yindagi g‘alabasi sabab ketma-ket ikkinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda 6 chempionlikka erishdi. 

“Siti”ni ortidan chempionlik sari odimlagan “Liverpul” 97 ochko to‘plab ham chempion bo‘la olmadi. Bu axir Angliya chempionatida. 

G‘olib aniq, Chempionshipga tushib ketgan jamoalar ham aniq. Faqat, Chempionlar ligasiga beriladigan o‘rinlar noaniq, “Siti” va “Liverpul”dan tashqari. Ikkita yo‘llanma uchun “Chelsi”, “Tottenhem” va “Arsenal” kurash olib boradi. Bu kurash Angliya chempionatida emas, balki yevrokuboklardagi muaffaqiyatga bog‘liq.

Agarda, 5 o‘rinda borayotgan “Arsenal” Yevropa ligasida g‘olib bo‘lsa, “Tottenhem” qolib ketadi. O‘z navbatida, “Tottenhem” Chempionlar ligasi sovrini boshi uzra ko‘tarsa, demakki, “Chelsi” “chipta”dan quruq qoladi. “Chelsi” Yevropa ligasida muvaffaqiyat qozona olsa, “Arsenal” keyingi mavsumda yevrokuboklardagi ishtirokini UEFA Yevropa ligasida boshlaydi. 

Xullas bu jamoalarning yevrokuboklardagi muvaffaqiyati Chempionlar ligasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga imkon yaratadi.

Chempionatda ikkinchi o‘rin bilan kifoyalangan “Liverpul” esa Chempionlar ligasi bosh sovrinini o‘z uyiga olib kelish uchun barchasiga tayyor. Buni biz jamoaning “Barsa” bilan o‘yindagi ishtiyoqida ko‘ra oldik. 

Sulsher kelgach qafasdan qo‘yib yuborilgan “Qizil iblislar” dastlabki 10 turda fantastik o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, dastlab Chempionlar ligasida “Barsa” qarshiligini sindira olmay turnirni erta tark etdi. 

Chempionatda ham so‘nggi 10 turda 5 mag‘lubiyat, ikki durang va bor yo‘g‘i ikki g‘alaba bilan turnirni 6-o‘rin bilan yakunladi. “Sehrli tayoqcha” ham “MYU”ni qutqara olmadi. 

Angliya chempionatidan Chempionshipga tushib ketgan jamoalar nomi ham aniq. Ular, “Haddersfild”, “Fulhem” va “Kardiff siti” jamoalaridir.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing