“Manchester Siti” 42 million funtlik transferni e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Lids” jamoasining yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda “Siti”ning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, yarim himoyachi Manchester klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. Angliyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 4-raqamda harakat qiladi.

Jurnalist, insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Manchester klubi yarim himoyachi uchun 42 million funt va qo‘shimcha bonuslar to‘laydi. Kelishuv doirasida “shaharliklar”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Darko Jabi “Lids”ga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 26 yoshli Kelvin Fillips “Lids” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing