“Manchester Siti” Husanov bo‘yicha qaror qabul qildi
Sport
−
01 avgust 55547 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo‘yicha rejalarini oshkor qildi. Bu haqda jurnalist Saymon Baykovskiyga tayanib, “Euro-football” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” rahbariyati 21 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisini yaqinlashib kelayotgan mavsumda tarkibda saqlab qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Husanov joriy yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. U ingliz klubi safida 10 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan. Qayd etish joiz, u oxirgi bor joriy yilning mart oyida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.