Manba: Yaqin kunlarda Zidan PSG murabbiyiga aylanadi

Sport 2109
image

Tez orada PSG bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘rnini Zinedin Zidan egallaydi. Bu haqda jurnalist Daniel Riolo xabar berdi

Qayd etish joizki, Daniel Riolo ancha ishonchli manba hisoblanadi. Riolo 2020 yilning dekabr oyida Lionel Messi PSGga o‘tishini hammadan birinchi bo‘lib aytgan edi. Qolaversa, joriy yilning aprel oyida Kilian Mbappe “Real Madrid”ga o‘tishni rad etib, PSG bilan yangi shartnomani imzolashi haqidagi ma’lumotni birinchilardan bo‘lib ommaga e’lon qilgandi. 

Qayd etish kerakki, Qatar amiri ham Parij klubini Zidan boshqarishini istamoqda.

Rioloning ishonch bilan ta’kidlashicha, Maurisio Pochettino ishdan bo‘shatilganidan so‘ng, aynan Zidan PSGning boshqaruv postini egallaydi. Bu haqda yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

Avvalroq, PSGning joriy yozdagi transfer byudjeti bor yo‘g‘i  80 million yevro ekani xabar qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha “Real Madrid”da faoliyat olib borgan. Murabbiy “los blankos” bilan ketma-ket 11 ta sovrin yutgan. Bular orasida Yevropa Chempionlar ligasining uch marta g‘olibligi ham bor.

 

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 20
Reyting: 2.8
t
×