Manba: Pogba “Manchester United”ni tark etadi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi ketishi haqida sheriklariga aytib bo‘lgan va jamoa chat guruhini tark etgan.

Fransiyalik futbolchining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Bosh murabbiy Ralf Rangnikning so‘zlariga ko‘ra, Pogba “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. 

Pol Pogba “Manchester Yunayted”ning “Liverpul”ga qarshi (0:4) kechgan uchrashuvining 10-daqiqasida jarohat oldi va maydonni tark etdi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, fransiyalik futbolchi mavsum oxirigacha maydonga qayta olmaydi. Shu tariqa, Polning Manchesterdagi “ertagi” yakunlangan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi “Yunayted” tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 55 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing