Manba: Meyvezer va Makgregor revansh jangi o‘tkazishga yaqin

Sport

image

Afsonaviy amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va sobiq UFC chempioni Konor Makgregor revansh jangi o‘tkazishga yaqin turibdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu jang ko‘rgazmali shou bo‘lmaydi. Ya’ni, muxlislar to‘laqonli professional boks guvohiga aylanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Floyd oxirgi marta ringga chiqadi. Shuning uchun, bu jangni o‘tkazib yubormaslik kerak. Bitim yakunlanish arafasida turibdi. Ikkala tomon ham shaxsiy shartlarni kelishib olgan. 
Ta’kidlash kerak, Meyvezer bu jangni o‘z davrining yakunlanishi va Jervonta Devis erasining boshlanishi deb biladi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda Meyvezer va Makgregor o‘rtasida boks qoidalariga ko‘ra birinchi jang o‘tkazilgan. Unda Floyd Konarni o‘ninchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Hozircha, ular o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv aynan qaysi sanada o‘tkazilishi ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing