Mana innovatsiya! Muzeyga aylangan sobiq ko‘mir koni

Olam

10

UNESCO’ning Jahon madaniy meroslari fondiga kiritilgan sobiq ko‘mir zavodi haqida eshitganmisiz? Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (МОМЭМ) tomonidan Yevropa Ittifoqining ko‘magi остида amalga oshiralayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Germaniyaga safar davomida QALAMPIR.UZ muxbiri Essen shahrida joylashgan sobiq ko‘mir zavodi – ochiq osmon ostidagi muzeyda bo‘ldi. 

 

Sanoat me’morchiligi yodgorligi va ochiq osmon ostidagi sanoat tarixi muzeyi sifatida foydalanib kelinayotgan ushbu konda 1986 yil 23 dekabrda ko‘mir qazib olish to‘xtatilgan. 

 

Germaniyaning Essen shahrida joylashgan Zollverein koni 2001 yilda UNESCO’ning Jahon madaniy merosi maqomini olgan. 135 yil davomida ko‘mir koni sifatida foydalanib kelingan inshoat qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolingan. Faqat unga muzey ko‘rinishini berish va tashrif buyuruvchilarga sharoit yaratish maqsadida ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan. 

Binoning hozirgi holati 1927-1932 yillarda shakllangan. O‘sha davrlarda saralash va ko‘mir yuvish sexi bunyod etilgan. Me’morlar Frits Shupp va Мартин Kremmer loyiha ustida ko‘p vaqt ish olib borishgan. Ular eng mayda detallarni ham ko‘zdan qochirmagan. Ular tomonidan yaratilgan loyiha konlar qurishda namuna sifatida ko‘rib kelingan. 

Конning birinchi sohibi Frans Xaniel 1834 yilda o‘sha vaqtda ko‘plab nemis davlatlari qo‘shilgan “Deutscher Zollverein” bojxona ittifoqi sharafiga konga “Zollverein” nomini bergan. Bu ittifoq uzoq vaqtlar Rur viloyatining iqtisodiy rivojlanishida муҳим o‘rin tutgan. 

Ma’lumki, Germaniya allaqachon ko‘mir qazib olishni  to‘xtatgan. Shu bois ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan Zollverein konidan shunchaki voz kechilmagan. 

Germaniyada minerallar qazib olish, ekologiya va atrof-muhitni saqlash, havo sofligiga zarar yetkazmaslik maqsadida to‘xtatilgan. Sobiq ko‘mir koni shu bois yirik muzeyga aylantirilgan. U har kuni mehmonlar билан gavjum.

Muzeyda restoran, sovg‘alar do‘koni, kinoteatr, majlislar zalini uchratish mumkin. Unda ko‘rgazmalar, turli marosimlar, shuningdek, to‘ylar ham o‘tkaziladi. Qolaversa, kelin-kuyovlar ushbu muzeyga kelib suratga tushishadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing