“Man Siti” “Barsa” ko‘z tikkan futbolchini “ilib” ketmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati yanvar oyida jamoadan ketish istagini bildirgan yarimhimoyachi Rahim Sterling bilan xayrlashishga qarshi emas. Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchiga Kataloniyaning “Barselona” klubi qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o‘zi “Liverpul”ga qaytishni afzal ko‘rmoqda.

Shu sabab, “shaharliklar” Rahimga o‘rinbosar qidira boshladi. “Transfer news live” nashri xabariga ko‘ra, Angliyaning amaldagi chempioni Germaniyaning “Leypsig” klubi a’zosi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining narxi 50 million yevroga baholangan va ispan futbolchisining “buqalar” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda 23 yoshli yarimhimoyachi Germaniya chempionatida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi.

Ma’lumot o‘rnida, Olmoga avvalroq “Barselona” ham qiziqish bildirgandi. Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar”ning yangi ustozi Xavi Ernandesning shaxsan o‘zi nemis futbolchisini sotib olishni talab qilgan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing