Rossiya mustahkamligi uchun tuyalar yoqib yuborildi

Olam

Rossiyaning Buryatiya avtonom Respublikasida noodatiy marosim o‘tkazildi. Buryat shamanlari 5 ta tuyani o‘ldirib, yoqib yuborishdi. Voqea shu oyning boshida ro‘y bergan bo‘lsa-da, kuni kecha OAV e’tiboriga tushdi. 

O‘zini “boyqol shamanlariga” mansub deb hisoblovchi "Xuxe Munxe Tengeri" tashkiloti rahbari Artur Sыbikovning ta’kidlashicha, "Jen tengeri yaba" udumidan maqsad “Rossiyaning mustahkamligini ta’minlash” bo‘lgan.  

Voqea joyidan olingan lavhalarda tuyalar, qo‘ng‘iroq chalayotgan shamanlar va gulhan tasvirlangan.
"Qadim an’analarni tiklash va joriy qilish orqali biz bebaho madaniy boyliklarimizni saqlab qolmoqdamiz. Bu kabi urf-odatlar mamlakatimiz rivoji va tiklanishiga katta hissa qo‘shadi”, deydi Sыpikov. 

O‘z navbatida, shamanlarning "Tengeri” markazidagi mas’ullar ularni ko‘chmanchi turk mug‘ullar dini hisoblangan tengrizm qonunlarini buzishda ayblashdi.

Bundan tashqari, mazkur voqeani hukumat a’zolari dinni tahqirlash deb baholashdi, chunki tuya buryat xalqi uchun hurmatga sazovor jonivor hisoblanadi. Uni o‘ldirish esa qat’iyan man etilgan.

Ma’lumot tariqasida, bu hodisadan sal ilgari “Eng kuchli afsungarlar imperiyasi” Moskva shahrida hukumat va prezident Putinni qo‘llab-quvvatlash uchun “Darsdan tashqari to‘garak” o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shamanlar tuyalar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar