Malika Izabella 11 oylik harbiy xizmatni boshladi

Olam

image

Daniya qirollik oilasining 19 yoshli malikasi Izabella rasman harbiy xizmatni boshladi. U Slagelse shahri yaqinidagi kazarmaga yetib bordi va kelasi 11 oy davomida Gvardiya gusarlar polki safida xizmat qiladi. Bu haqda “Town and Country” xabar berdi.

Qayd etilishicha, malika bilan birga bu yil yana 1,6 ming nafar yigit va qiz Daniya armiyasi safiga qo‘shilgan. Daniya OAV va qirollik saroyi ma’lumotiga ko‘ra, malika Izabella xizmat davomida harbiylarga to‘lanadigan maosh va boshqa to‘lovlarni olishdan voz kechgan.

Bundan avval uning akasi, taxt vorisi shahzoda Kristian ham xuddi shunday qaror qabul qilgan. Shahzoda Kristian ham avval Slagelsedagi shu harbiy qismda xizmat qilgan. Keyin esa u leytenantlik bo‘yicha harbiy ta’limni boshlagan.

Ma’lumot uchun, Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Daniya 2024 yilda harbiy xizmat tizimini isloh qilgandi. Unga ko‘ra, xizmat muddati to‘rt oydan 11 oyga uzaytirilgan, ayollar ham majburiy harbiy xizmat tizimiga kiritilgan va har yili xizmatga chaqiriladiganlar sonini 2033 yilga qadar 7,5 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand qirolining katta qizi, malika Bajrakitiyabxa Narendira Debyavati 47 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar