“Malika”da ishlaydigan opa-singillar birovning kartasidan 60 million “uxlatdi”
3-sahifa
−
22 noyabr 2022
8987Toshkentda “Malika” savdo majmuasida joylashgan do‘konda ishlaydigan opa-singillar boshqa bir fuqaroning plastik kartasidagi qariyb 60 million pulni naqdlashtirib, o‘zlashtirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli A.A. Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, joriy yilning 7 noyabr kuni unga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan 58 million 984 000 so‘m miqdoridagi pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan va ushbu noma’lum shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat opa-singillar, 27 yoshli Z.D. va 18 yoshli Z.M. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.D. va Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so‘roq qilinganlarida, Z.D. mazkur plastik kartani uzi operator bo‘lib ishlaydigan “Malika” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan topib olgani, keyinchalik esa plastik karta to‘g‘risida o‘zining singlisi Z.M.ga xabar berib, birgalikda bankomat oldiga borib, tavakkal qilib parol tariqasida “7777” raqamini terganlari, shu tariqa plastik kartani himoya kodini bilib olib, unda bo‘lgan pullarini yechib olganlarini ma’lum qilishgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi