Malakasiz haydovchilar avtomobilga maxsus belgi o‘rnatadimi? IIV izoh berdi

Jamiyat 5509
image

Avvalroq, tajribasi kam bo‘lgan haydovchilar mashinasiga maxsus belgi o‘rnatishi shart etib belgilangani haqida aytilgandi. Bunga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, “Haydovchilikni endi boshlagan” – “Haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “❗️” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi haydovchining xohishiga ko‘ra o‘rnatiladi. 

Biroq, avtomobil oynasiga bundan boshqa yozuvlarni yozish taqiqlanadi. Reklama maqsadidagi bannerlar bundan mustasno.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 245
Reyting: 3.1
t
×