Malaka oshirish kurslaridagi talon-torojliklar aniqlandi
Jamiyat
−
05 aprel 2021
6796Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan maishiy texnika vositalari qimmat narxlarda harid qilinganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi davlat departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari mansabdor shaxslari, “A” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, o‘rtacha bozor bahosi 338,4 mln so‘mni tashkil etuvchi 126 dona turli maishiy texnika vositalarini 653,1 mln so‘mga ya’ni, 314,7 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi