Maktablarda o‘quvchilarni bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirildi. Bunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy ta’lim” fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

Tanlab olingan 208 ta maktabda o‘quvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yo‘nalishlardan biri bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatiladi:

  • ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
  • tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha),
  • zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yo‘nalishi bo‘yicha)

O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yilida 17 ming nafardan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilariga kasb-hunarga o‘rgatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing